Eron Ozarbayjonga qilingan hujumni tekşirişga vada berdi
6-03-2026, 18:51
249 марта

Eron Ozarbayjonga qilingan hujumni tekşirişga vada berdi
Eron tomoni keça, 5 mart kuni Naxiçevonga qilingan hujumini jiddiy tekşirişga vada berdi. Bu haqda Ozarbayjon Taşqi işlar vaziri Jayhun Bayrmov bugun, 6 mart kuni ötkazilgan matbuot anjumanida malum qildi.
Vazir Eron tekşiruv ötqazişga vada berganini va tekşiruv natijalarini kutayotganini aytgan.
“Keça, 5 mart kuni Eron Taşqi işlar vaziri bilan telefon orqali suhbat davomida uşbu masalani jiddiy muhokama qildik. Eron tomoni sodir bölgan voqeani puxta tekşirişga vada berdi va biz tekşiruv natijalarini kutmoqdamiz”, degan Bayramov.Vazirning aytişiça, keça sodir bölgan dron hujumi bilan boğliq holda davlat rahbari tomonidan tegişli topşiriqlar berilgan.
“Uşbu hodisa böyiça allaqaçon diplomatik qadamlar qöyildi: norozilik notasi yuborildi, mavqedoşim bilan telefon orqali suhbatlaşdik. Eron tomoni boşlagan tekşiruv umumiy jarayonning bir qismi hisoblanadi. Ozarbayjon xavfsizligi davlat rahbarining qatiy nazorati ostida”, degan Bayramov.