USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pezeşkiyon Ozarbayjonga qilingan hujum yuzasidan Aliyevga qönğiroq qildi

356 марта

Pezeşkiyon Ozarbayjonga qilingan hujum yuzasidan Aliyevga qönğiroq qildi

Keça, 8 mart kuni Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlaşdi. Bu haqda “Report” xabar berdi.

Malum qilinişiça, Masud Pezeşkiyon Naxçivonga qilingan havo hujumi bilan boğliq hodisa Eron bilan aloqador emasligini takidlab, uşbu voqea, albatta, tekşirilişini bildirgan.

Şuningdek, Ilhom Aliyevga Ozarbayjondagi Eron elçixonasiga taşrif buyurib, Eronning oliy rahbari Ali Xomanaiy hamda tinç aholi vakillarining halok bölişi munosabati bilan bildirilgan hamdardlik uçun minnatdorlik izhor qilgan. Qolaversa, Aliyevning Eronga gumanitar yordam körsatiş niyatini ham yuqori baholagan.


Telefon suhbatida Prezident Ilhom Aliyev esa Eronda yuz bergan sönggi voqealar oqibatida köplab tinç aholining halok bölgani munosabati bilan yana bir bor hamdardlik bildirgan.

Ozarbayjon Prezidenti Naxçivonda sodir bölgan hodisani çuqur va xolisona tekşiriş muhimligini alohida qayd etgan.

Telefon suhbati davomida davlat rahbarlari qöşma iqtisodiy loyihalarni rivojlantiriş istiqbollari haqida ham fikr almaşgan.

Nega Pezeşkiyon Aliyev bilan keç qönğiroqlaşdi?
Naxçivonga uyuştirilgan hujumudan söng Ozarbayjon jamoatçiligida eng köp muhokama qilinayotgan savollardan biri “Nega Masud Pezeşkiyon Ilham Aliyevga qönğiroq qilmayapti?”, degan savol böldi. Bu savol paydo bölişiga ikki asosiy omil sabab bölmoqda:
Birinçidan, Eron siyosiy tizimi içida Pezeşkiyonning Ozarbayjonga nisbatan iliq munosabatda ekani malum. Asli ozarbayjonlik bölgan Masud Pezeşkiyon Prezident etib saylanganidan söng Baku–Tehron yönalişidagi, asosan Eron tomonidan yuzaga kelgan keskinlikni yumşatişga muhim hissa qöşgan.

Ikkinçidan esa, Prezident Ilhom Aliyev va Masud Pezeşkiyon örtasidagi şaxsiy döstlik munosabatlari ham muhim omil hisoblanadi. Pezeşkiyonning Ozarbayjonga taşriflari davomida uning Aliyev bilan samimiy munosabatlariga bir neça bor guvoh bölingan. Har ikki yetakçi ham Ozarbayjon–Eron munosabatlaridagi muammolarni bartaraf etişga harakat qilgan va malum darajada bunga erişgan edi.

Biroq Naxçivonga uyuştirilgan hujum – Ozarbayjon suverenitetiga qarşi terror harakati sifatida baholangan voqeadan söng ikki davlat örtasidagi munosabatlar izdan çiqdi. Şu sababli jamoatçilikning asosiy kutuvi Pezeşkiyonning Bakuga qönğiroq qilib, yuz bergan voqealarni Ilhom Aliyev bilan muhokama qilişi edi. Ammo keça, 8 martga qadar Tehrondan Bakuga bunday qönğiroq bölmadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: