Turkiya Şimoliy Kiprga 6 ta F-16 qiruvçi samolyotini joylaştirdi
9-03-2026, 14:22
146 марта

Turkiya Şimoliy Kiprga 6 ta F-16 qiruvçi samolyotini joylaştirdi
Turkiya Şimoliy Kiprga 6 ta F-16 qiruvçi samolyoti va havo mudofaa tizimlarini joylaştirdi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi X’da xabar berdi.Bayonotga köra, Milliy mudofaa vazirligi Yaqin Şarqdagi sönggi voqealarni hisobga olgan holda Şimoliy Kipr Turkiya Respublikasining xavfsizligini mustahkamlaş maqsadida yangi çoralar körilganini elon qilgan.
“Mintaqamizdagi sönggi voqealar fonida Şimoliy Kipr Turk Respublikasining xavfsizligini mustahkamlaşga qaratilgan bosqiçma-bosqiç rejalaştiriş doirasida bugundan boşlab mazkur hududga 6 dona F-16 qiruvçi samolyoti va havo mudofaa tizimlari joylaştirildi. Vaziyatni baholaş natijasida zarur deb topilsa, qöşimça çoralar ham köriladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Malumot uçun, F-16 Fighting Falcon yengil köp funktsiyali qiruvçi samolyot bölib, 2470 km/soat tezlikda uçişi mumkin va 15,240 m balandlikda parvoz qila oladi. U 20 mm töppon, turli raketa va bombalar bilan jihozlangan bölib, havo janglari, yerga hujum, razvedka va mudofaa tizimlari bilan integratsiyalaşgan missiyalarni bajaradi.