Eron Isroilni kassetali raketalar bilan bombardimon qildi
9-03-2026, 23:09
226 марта

Eron Isroilni kassetali raketalar bilan bombardimon qildi
Bugun, 9 mart kuni Eron Isroilni kassetali öq-dorilar bilan jihozlangan raketalar orqali öqqa tutdi. Bu haqda “The Times of Israil” xabar berdi.Naşrining yozişiça, kun boşidan buyon Eron yetti marta yalpi zarba yöllagan, raketalar butun mamlakat böylab joylaşgan obektlarga qaratilgan. Hujum oqibatida Isroilning markaziy qismida bir kişi halok bölgan, yana ikki kişi jarohatlangan.
Eron davlat televideniyesi uşbu zarbalarni olqişlab, kuni keça Eronning yangi Oliy rahbari etib saylangan Mujtabo Xomanaiy rahbarligidagi “raketalarning birinçi tölqini” uçirilgani haqida hisobot bergan.
Malumot uçun, kassetali öq-dorilar nişonga tekkanida maydaroq öq-dorilarni soçib yuboradi, bu esa şikastlaş maydonini sezilarli darajada kengaytiradi. Ular tinç aholi uçun öta xavfli hisoblangani sababli, 120 dan ortiq davlat qöşilgan Kassetali öq-dorilar böyiça konvensiya bilan taqiqlangan. Na Eron, na Isroil uşbu konvensiyani imzolagan.