Rossiya byudjet taqçilligini qoplaş uçun zaxiralardan foydalanişga ötdi
7-05-2025, 13:13
116 марта
Rossiya byudjet taqçilligini qoplaş uçun zaxiralardan foydalanişga ötdi Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov 6-may kuni neft va tabiiy gaz tuşumlari kamayişi sababli byudjet taqçilligi oşganini elon qildi. Şu boisdan Milliy boylik jamğarmasi zaxiralarining bir qismi yetişmovçilikni qoplaş uçun sarflanişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Yil davomida Iqtisodiyot vazirligi bizga bergan prognozlarga asoslanib Milliy boylik jamğarmasining 447 milliard rubl (5,48 milliard dollar) miqdoridagi mablağlaridan foydalanmoqdamiz, dedi Siluanov jurnalistlarga.
Vazir neft narxining özgarişi munosabati bilan rasmiylar byudjet prognozlariga özgartirişlar kiritganini va ortiqça xarajat yoki qarz olişga harakat qilinmayotganini aytdi.
Taxmin qilinişiça, 2025-yilgi byudjet taqçilligi yalpi içki mahsulotga nisbatan 0,5 foizdan 1,7 foizgaça oşişi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan tasdiqlangan asosiy fiskal tamoyillar 2030-yilgaça saqlanib qolişi va özgartirilmasligi aytilmoqda. Rossiyaning Suveren boylik jamğarmasidagi likvid aktivlari 2025-yil 1-aprel holatiga köra 3,2 trillion rublni (39,2 milliard dollar) taşkil etgan.