Uruş deyarli tugadi – Tramp
10-03-2026, 09:58
482 марта

Uruş deyarli tugadi – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi uruş rejalaştirilgan muddatdan tezroq keçayotgani va deyarli yakunlaniş arafasida ekanini bildirdi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida söz oçdi.AQŞ Prezidentining sözlariga köra, harbiy harakatlar rejalaştirilgan grafikdan ança oldinga ötib ketgan. Avvalroq, Oq uyda bu uruş bir oydan ortiq davom etişi mumkinligi taxmin qilingan edi.
Trampning takidlaşiça, Eronning na floti, na aloqasi, na harbiy-havo kuçlari qolgan, raketalar esa juda kam miqdorda qolgan.
Keyinroq Tramp Florida ştatida Respublikaçilar partiyasi tadbirida çiqiş qilib, Eronga qarşi uruşda ğalaba yaqin ekanini yana bir bor takidladi. Uning aytişiça, uruş “juda tez orada tugaydi”.
AQŞ Prezidenti bu harakatni “qisqa muddatli operatsiya” deb atab, uni yovuzlikdan xalos böliş uçun amalga oşirilganini bildirgan.
Şu bilan birga, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Eron armiyasi uruşni kengaytirişga tayyor ekanini va uning qaçon tugaşini Eronning özi belgilaşini malum qilgan. Eron harbiylari, şuningdek Isroil va AQŞ Eronni bombardimon qilişda davom etar ekan, mintaqadan bir litr ham neft eksport qilinişiga yöl qöyilmasligini takidlagan.