Erdöğan Eronni xato qilişdan tiyilişga çaqirdi
10-03-2026, 13:42
195 марта

Erdöğan Eronni xato qilişdan tiyilişga çaqirdi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Eronni xato qilişdan tiyilişga va qaysarlik qilmaslikka çaqirdi. Bu haqda u keça, 9 mart kuni hukumat yiğilişidan söng qilgan çiqişida söz oçdi.Prezident Erdöğan bayonotida Eronning xatti-harakatlarini tanqid qilib, ularni “juda notöğri va provokatsion” deb atagan.
“Eron rasmiylariga zarur ogohlantirişlar berildi. Ammo samimiy ogohlantirişlarimizga qaramay, Turkiyaning döstligiga putur yetkazadigan, juda notöğri va provokatsion qadamlar taşlaşda davom etmoqda. Xalqimiz qalbi va ongida çuqur jarohatlar qoldiradigan, ming yillik qöşniçilik va birodarlik munosabatlariga soya soladigan yölga kirilmasligi kerak”, deydi davlat rahbari.Şuningdek, Prezident ikki davlat örtasidagi munosabatlarni hurmat qiliş zarurligini eslatib, Eronni xato qilişdan tiyilişga va qaysarlik qilmaslikka çaqirgan.
“Turkiyaning örni ham, pozitsiyasi ham aniq. Mojaro yanada kengaymasligi va yana köproq qon tökilmasligi uçun körsatayotgan say-harakatlarimiz ham hammaga malum. Şu voqea doirasida yana bir bor aytaman – xato qilişda oyoq tirab olmasligi kerak. Biz voqealarni NATO va boşqa ittifoqçilarimiz bilan hamkorlikda kuzatişda davom etamiz hamda xavfsizligimizni mustahkamlaş uçun qöşimça çoralar köramiz”, deydi Erdöğan.