Pavel Durovning boyligi keskin kamaydi
11-03-2026, 17:09
233 марта

Pavel Durovning boyligi keskin kamaydi
Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durovning boyligi keskin kamaydi. Xususan, uning kapitali 2025 yilda 17,1 mlrd AQŞ dollarini taşkil etgan bölsa, hozirda 6,6 mlrd AQŞ dollariga tuşib ketgan. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.Mutaxassislar bunga asosan, texnologiya bozoridagi vaziyat yomonlaşgani sabab bölganini qayd etgan. Telegram qiymatini baholaşda investorlar kompaniyaning daromadlari va boşqa messenjerlar bilan taqqoslaş natijalariga etibor qaratmoqda.
Masalan, Telegram’ning asosiy raqobatçilaridan biri Snapçat’ning oylik foydalanuvçilari soni 2025 yil oxiriga kelib 946 mln bölgan. Telegram foydalanuvçilari esa 1 milliarddan köp. Biroq, Snapçat’ning 2025 yildagi daromadi 5,9 mlrd AQŞ dollari bölsa, Telegram daromadi taxminan 2 mlrd AQŞ dollari deb baholanmoqda.
Şuningdek, Snapçat kompaniyasining bozor qiymati ham sönggi bir yil içida deyarli ikki barobarga kamayib, 8,7 mlrd AQŞ dollariga tuşgan. Bu holat Telegram qiymatining ham pasayişiga tasir qilgan.
Yana bir muhim omil bu – Telegram çiqargan obligatsiyalar. Kompaniya 2026 yil 22 martda eski obligatsiyalarni qaytarişi kerak. Ayrim tahlilçilar Durov uşbu majburiyatlarni bajariş uçun investorlarga Telegram aktsiyalarini taklif qilişi mumkinligini aytmoqda.