AQŞning grin-karta dasturida qanday özgarişlar bölmoqda?
13-03-2026, 05:40
165 марта

AQŞning grin-karta dasturida qanday özgarişlar bölmoqda?
AQŞ hukumati grin-karta lotereyasida iştirok etiş qoidalarini yangilaşni rejalaştirmoqda. Özgarişlar 2026 yil 10 apreldan kuçga kirişi mumkin va DV-2027 lotereyasiga taalluqli bölişi kutilmoqda. Bu haqda AQŞ Federal reyestri saytida keltirilgan.Loyihaga köra, Diversity Visa Program (grin-karta lotereyasi)da iştirok etiş uçun amal qiluvçi xorijga çiqiş pasporti talab qilinadi. Anketaga pasportning şaxsiy malumotlar va imzo joylaşgan sahifasining skanerlangan nusxasini biriktirişi kerak böladi. Şuningdek, ariza topşiriş uçun ramziy tölov – 1 dollar joriy etiş taklif qilinmoqda. Yana bir özgariş anketa töldiriş vaqtiga tegişli. Hozir buning uçun 30 daqiqa beriladi, yangi qoidalarga köra esa bu muddatni 90 daqiqagaça uzaytiriş rejalaştirilgan.
Davlat departamentiga köra, bu çoralar firibgarlik bilan berilgan arizalar sonini kamaytiriş va dastur şaffofligini oşirişga yordam beradi. Şuningdek, dastur qoidalarida “gender” va “yoş” örniga “biologik jins” va “tuğilgan sana” atamalarini işlatiş rejalaştirilgan. Konsulliklar uçun yöriqnomalarga ham “şall” (“majbur”) degan qoida qöşilmoqda. Bu konsullik xodimlari iştirokçilar malumotlarini qatiy tekşirişi şartligini anglatadi.
Nimalar özgarmaydi?
Lotereyada iştirok etişning asosiy talablari özgarişsiz qoladi. Ariza beruvçilar hanuz:
- örta malumot töğrisidagi attestat yoki uning ekvivalentini körsatişi;
- anketada barça oila azolari va turmuş örtoğini kiritişi;
- konsullikdagi intervyu paytida malumotlarni tasdiqlaşi kerak.
Şu sababli yangi qoidalar, avvalo, firibgarlik va qayta-qayta röyxatdan ötiş holatlariga qarşi kuraşişga qaratilgan.
Malumot uçun, grin-karta – bu AQŞda doimiy yaşovçi maqomini tasdiqlovçi rasmiy hujjat. U quyidagi huquqlarni beradi:
- AQŞda çeklovlarsiz yaşaş va işlaş;
- ijtimoiy imtiyozlardan foydalaniş;
- keyinçalik fuqarolikka ariza beriş.