Rossiya Eronga yordam yuborişni boşladi
13-03-2026, 14:15
440 марта

Rossiya Eronga yordam yuborişni boşladi
Eron Rossiya va boşqa döst davlatlarga gumanitar yordam sörab murojaat qilgan va uni yetkazib beriş işlari allaqaçon taşkil etilgan. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova xabar berdi.Rossiya Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili brifingda takidlaşiça, mamlakatda köplab şifoxonalar va tez yordam stantsiyalari vayron bölgani, şuningdek yaralanganlar soni, jumladan ayollar va bolalar orasida ham köpligi sabab Eron tomoni döst davlatlardan dori-darmon yuborişni söragan.
Uning aytişiça, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin topşiriğiga binoan Rossiyadan Eron xalqi uçun zarur gumanitar yordam yuboriş taşkil etilmoqda.
12 mart kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Eron aholisi uçun 13 tonnadan ortiq dori-darmon yuborilişini elon qilgan. Yuk Il‑76 harbiy-transport samolyoti orqali Ozarbayjonga yetkaziladi, şundan keyin u yerdan Eron vakillariga topşiriladi.
Qayd etiş joiz, AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarşi harbiy operatsiya boşlagan. Bunga javoban Eron Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy bazalari va neft tankerlariga zarbalar bermoqda.
Eron Soğliqni saqlaş vazirligi malumotiga köra, 8 mart holatiga mamlakatda harbiy harakatlar boşlanganidan beri 1200 dan ortiq tinç aholi halok bölgan.