Eron elçisi Turkiyaga uçirilgan raketa haqida bayonot berdi
13-03-2026, 18:42
391 марта

Eron elçisi Turkiyaga uçirilgan raketa haqida bayonot berdi
Eronning Anqaradagi elçisi Muhammad Hasan Habibullohzoda Erondan Turkiya tomonga uçirilgan raketalar haqida izoh berib, Turkiyaning milliy suverenitetiga hurmat bilan qaralişini bildirdi. Bu haqda DHA xabar qildi.Habibullohzoda döst va qardoş davlat bölgan Turkiyaning say-harakatlariga işonişini aytib, ayniqsa, Prezident Erdöğan va Taşqi işlar vaziri Hoqon Fidanning bu boradagi harakatlariga minnatdorlik bildirgan.
“Biz Turkiyaning milliy suverenitetini hurmat qilamiz. Şu masala böyiça Eron Qurolli kuçlari, Boş ştab va Taşqi işlar vazirligi bayonot berib, Turkiya tomoni heç qanday raketa yoki öq-dori uçirilmaganini bildirgan. Biz bu masalani aniqlaştiriş uçun texnik guruh tuzişni taklif qildik. Bu guruh voqeani batafsil örganişi kerak. Çunki biz uçun ham bu savol tuğdiradi: qanday qilib bunday holat yuz berişi mumkin? Bizning fikrimizça, bu voqea uçinçi tomonlar tomonidan amalga oşirilgan bölişi mumkin. Ularning maqsadi ikki davlat örtasidagi döstona va qardoşlik munosabatlariga zarar yetkaziş bölişi mumkin. Biz bu taklifni berganmiz, ammo uni amalda joriy qiliş hali ham kutilmoqda”, degan u.
Elçi AQŞ va Isroilning Eronga qilgan hujumlari haqida bahs yuritib, muzokaralar jarayoni aynan AQŞ tomonidan töxtatilganini va şundan keyin uruş boşlanganini aytgan. Uning takidlaşiça, Eron özini himoya qiliş, yani qonuniy mudofaa huquqiga ega.
“Biz aslida bir-birimiz bilan birlikda va birodarlarça yaşab kelayotgan mintaqada edik. Sönggi paytda yuzaga kelgan muammolar asosan Isroil tomonidan mintaqada yaratilgan tuzoqlarning oqibatidir. Umid qilamizki, yaqin orada mintaqamiz yana barqarorlikka erişadi. Bizning asosiy maqsadimiz ham tinçlik, sulh va barqarorlikdir.
Yaqinda mamlakatimiz Prezidenti mintaqa davlatlari rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular orasida, avvalo, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Pokiston Boş vaziri, Ummon sultoni va Iroq Prezidenti bor edi. Şu orqali qöşni davlatlar bilan muvofiqlaştiriş amalga oşirildi. Yaqin orada mintaqada yana tinçlik va barqarorlik bölişiga umid qilamiz”, deydi Habibullohzoda.