Eron dunyodagi eng yirik gaz majmualaridan biriga hujum qildi
19-03-2026, 09:39
327 марта

Majmua hududida yonğin çiqqan, ammo keyinçalik u nazorat ostiga olingan, deya malum qildi rasmiylar. QatarEnergy Ras-Laffandagi korxonaga “sezilarli zarar” yetganini bildirgan, biroq xodimlardan heç kim jabrlanmaganini takidlagan. Qatar Taşqi işlar vazirligi yuz berayotgan voqeani “Eronning şafqatsiz hujumi” va “milliy xavfsizlikka töğridan töğri tahdid” deb atagan.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda uşlab qolingan raketaning aholi yaşaydigan hududga tuşgan bölaklari oqibatida kamida tört kişi jarohat olgan, deb xabar qildi mahalliy hokimiyat. Ularning malum qilişiça, raketa parçalari poytaxt janubidagi neftni qayta işlaş zavodi yaqiniga ham tuşgan. Bundan taşqari, mamlakat şarqidagi gaz korxonasi yaqinida uçuvçisiz uçiş apparati urib tuşirilgan, deb qöşimça qildi Saudiya Içki işlar vazirligi.
Birlaşgan Arab Amirliklarida ham Eron Islom Respublikasi tomonidan uçirilgan dronlar va raketalarga qarşi havo mudofaasi tizimlarini işga solişga töğri kelgan, deya xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligi.
Bundan bir neça soat oldin, Eronga qarşi uruşda AQŞ bilan birga iştirok etayotgan Isroil Eron va Qatar örtasida bölingan, dunyodagi eng yirik gaz koni hisoblangan “Janubiy Pars”ga zarbalar bergan edi. Eron prezidenti Masud Pezeşkiyon bu “nazorat qilib bölmaydigan oqibatlar”ga olib kelişidan ogohlantirdi.
Tehron, öz talqiniga köra, hujumlar amalga oşirilgan davlatlardagi yonilği, energetika va gaz infratuzilmasi obektlariga zarba beriş bilan tahdid qildi. Dunyodagi eng yirik mazkur kon hisobiga Eron içki gaz ehtiyojining taxminan 70 foizini qoplaydi.
Şu orada Qatar Eronning harbiy attaşesi hamda xavfsizlik masalalari böyiça attaşesini persona non grata — yani istalmagan şaxslar deb elon qildi. Qatar Taşqi işlar vazirligi malumotiga köra, ular mamlakatni 24 soat içida tark etişi kerak. Rasmiy Doha bu qarorini Eron Islom Respublikasining takroriy hujumlari bilan izohladi.
AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eronga havo zarbalari bergan edi. Şundan söng Tehron Fors körfazi mintaqasidagi qöşni davlatlarga raketa va dronlar yordamida hujum qila boşladi. Eron Islom Respublikasi bayonotiga köra, hujumlar nişonlari orasida mintaqadagi Amerika harbiy bazalari ham bor.