Tinç okeani janubida 7,6 balli zilzila sodir böldi: Tonga aholisi evakuatsiya qilinmoqda
24-03-2026, 19:27
186 марта

Tinç okeani janubida 7,6 balli zilzila sodir böldi: Tonga aholisi evakuatsiya qilinmoqda
Zilzila öçoği dengiz ostida, mamlakatning ikkinçi yirik şahri — Neyafudan 153 kilometr ğarbda, taxminan 237 kilometr çuqurlikda joylaşgan. Mutaxassislarning takidlaşiça, odatda yuzaroq qatlamlarda sodir böladigan silkinişlar kuçliroq seziladi, biroq mazkur zilzila ham hududda jiddiy xavotir uyğotgan. Hozirça vayronagarçilik va qurbonlar haqida malumot kelib tuşmagan.
Tonga Tabiiy ofatlar xavfini boşqariş milliy boşqarmasi pasttekisliklarda yaşovçi barça aholini zudlik bilan balandroq joylarga yoki orol içkarisiga köçişga çaqirdi.
“Xavf butunlay bartaraf etilgani haqida rasmiy xabar berilmagunça, plyajlar, qirğoq böyi va pasttekislik hududlariga yaqinlaşmaslik söraladi”, deyiladi boşqarmaning Facebook’dagi sahifasida.Tsunami xavfi bormi?
AQŞ Geologiya xizmati mintaqa uçun tsunami xavfini elon qilmadi. Gavayidagi Tinç okeani tsunami haqida ogohlantiriş markazi zilzila yerning juda çuqur qatlamida sodir bölgani sababli, tsunami xavfi mavjud emasligini bildirdi.
Şuningdek, Tongadan taxminan 1800 kilometr uzoqlikda joylaşgan Yangi Zelandiya rasmiylari ham öz mamlakatlari uçun heç qanday xavf yöqligini tasdiqladi.
Polineziyadagi arxipelag hisoblangan Tonga 171 ta oroldan iborat bölib, unda 100 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mazkur zilzila köproq Vavau orollari guruhiga yaqin hududda sezilgan.