Bangladeşda avtobus daryoga qulaşi oqibatida 18 kişi halok böldi
26-03-2026, 16:30
69 марта

Bangladeşda avtobus daryoga qulaşi oqibatida 18 kişi halok böldi
Bangladeş markazida yölovçi avtobusi Padma daryosiga qulaşi oqibatida kamida 18 kişi halok böldi. Bu haqda “The Daily Star” xabar berdi.Malum bölişiça, yölovçilarni olib ketayotgan avtobus paromga çiqayotganda, daryoga qulab tuşgan. Unda taxminan 40 kişi bölgan. 11 yölovçi qirğoqqa mustaqil ravişda çiqişga muvaffaq bölgan.
Qutqaruvçilar avtobusni baxtsiz hodisadan olti soat ötgaç, daryo özanidan olib çiqişgan. Bangladeş yonğin xizmati va fuqarolik mudofaasi malumotlariga köra, avtobus içidan 23 kişining jasadi topilgan. Ulardan 11 nafari ayol, 7 nafari erkak va 5 nafari bolalar bölganligi aniqlangan.
Tuman mamuriyati baxtsiz hodisa sababini tekşiriş uçun 5 kişidan iborat qömita tuzgan.