USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

OAV: Putin oligarxlarga uruşni moliyalaştirişni taklif qildi

197 марта
OAV: Putin oligarxlarga uruşni moliyalaştirişni taklif qildi

Peskov esa bunday taklif bölganini tasdiqlagan holda, Putin heç kimdan pul söramagani, bu taklifni yiğiliş iştirokçilaridan biri berganini aytdi. Oleg Deripaska va Suleyman Kerimov Putinga uruş uçun pul berişni vada qilgan. Kerimov 100 milliard rubl tölamoqçi – bu esa faqat uç kunga yetadi.

Foto: Mikhail Metzel/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 mart kuni yirik biznes vakillari bilan yopiq uçraşuv ötkazdi. The Bell va Financial Times naşrlari manbalariga köra, uçraşuvda tadbirkorlarga Ukraina bilan uruşni moliyalaştiriş uçun byudjetga xayriya qiliş taklif qilingan.

«Uruş uçun pul yiğiş» taklifi yangragan yopiq uçraşuv haqida birinçi bölib The Bell naşri xabar tarqatdi. Naşr manbalariga köra, Putin bu uçraşuvni Rossiya sanoatçilar va tadbirkorlar ittifoqi qurultoyidan keyin ötkazgan.

Bunday uçraşuvlar mazmuni odatda oşkor qilinmaydi, uruş davrida esa iştirokçilar röyxati ham maxfiylaştirildi. The Bell suhbatdoşlari esa bu safar Putin oligarxlar bilan Ukrainadagi uruşni davom ettiriş va uni moliyalaştiriş masalalarini muhokama qilgani haqida aytib berişgan.
«Jang qilamiz, deyildi», – deya Putinning çiqişidan qisqaça xulosani keltiradi naşr suhbatdoşlaridan biri.

«Donbass çegarasigaça boramiz», – deya Rossyai prezidentining sözlarini keltirgan The Bell’ning boşqa bir suhbatdoşi.

Britaniyaning Financial Times naşri manbalari ham Putinning çiqişida şu gaplar aytilganini tasdiqlagan. Ularning sözlariga köra, prezident biznesmenlarga Rossiya Donbass hududlarini töliq egallab olmaguniça Ukrainada uruşni davom ettirişini aytgan va buni Kiyev AQŞ vositaçiligida ötkazilgan sönggi muzokaralarda Kiyev öz qöşinlarini Donetsk oblastidan olib çiqişdan boş tortgani bilan izohlagan.

FT suhbatdoşlaridan birining aytişiça, Putin avvaliga Donbassni «harbiylardan xoli hudud» yoki AQŞ şafeligidagi «maxsus iqtisodiy zona»ga aylantiriş ğoyasini qöllab-quvvatlagan, ammo Kiyev bu regionni topşiriş özi uçun qizil çiziq ekanini bildirgaç, bu ğoyadan ham voz keçgan.


The Bell manbalariga köra, «mamlakat uçun oğir pallada biznesni silkitiş» ğoyasi «Rosneft» rahbari Igor Seçinga tegişli. Uçraşuvdan oldin prezidentga yozgan maktubida u harbiy federal zayom obligatsiyalarini joylaştiriş orqali mablağ jalb etiş taklifini bayon qilgan.

Financial Times Putinning iltimosini rad etiş aqlga siğmasligini qayd etgan: «Mamlakatning biznes elitasi uruş va uning mamlakat iqtisodiyotiga tasiridan xavotirlarga qaramay, prezident atrofida jipslaşdi».

Naşrlarga köra, kamida ikki oligarx Putinga byudjetni moliyalaştiriş uçun ixtiyoriy ravişda badal tölaşdan mamnun bölişini bildirgan.
The Bell ulardan birining familiyasini keltirgan – milliardera Suleyman Kerimov davlat xazinasiga 100 mlrd rubl ötkazib berişni vada qilgan.

Financial Times malumotiga köra, ikkinçi biznesmen – metallurgiya magnati Oleg Deripaskadir. The Bell «ğoyani uçraşuvda qatnaşgan yana bir yirik biznesmen qöllab-quvvatlagani, ammo u qança tölaşini aytmagani» haqida yozgan.
Oleg Deripaska (çapda) va Suleyman Kerimov Kremlda, 2017 yil
Foto: Sergei Savostyanov/TASS
Kerimov va Deripaskaning vakillari Financial Times’ning sörovlariga javob qaytarmagan.
Mustaqil naşrlar baholariga köra, 2025 yilda RF hukumati uruşda haftasiga örtaça 260 milliard rubl sarflagan.

Kreml rad etmadi
27 mart kuni RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan uçraşuvda uruş uçun badal tölaş masalasi muhokama qilingani va bu taklif Seçindan çiqqani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh söraldi. U quyidagiça javob qaytargan:
«Bu [ğoya] Igor Seçindan çiqqani haqiqat emas. SVO (maxsus harbiy amaliyot – Rossiya rasmiylari Ukrainadagi uruşni şunday ataydi) uçun pul kerak, degan gaplar haqiqat emas. Putin bunday iltimos bilan murojaat qilgani haqiqat emas. Haqiqat şundaki, uçraşuv iştirokçilaridan biri haqiqatan ham davlat uçun juda katta miqdorda pul ajratişni zarur deb hisoblaşi haqida gapirgan va bu uning oilaviy qarori bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: