“Orqamni öpsin”. Tramp omma oldida “qora şahzoda”ni kamsitdi
29-03-2026, 14:24
528 марта

“Orqamni öpsin”. Tramp omma oldida “qora şahzoda”ni kamsitdi
Keça, 27 mart kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Mayamida Saudiya Arabistoni kömagida taşkil etilgan Future Investment Initiative forumida mamlakat valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud haqida qöpol fikr bildirdi. Uşbu forum Oq uy tomonidan jonli namoyiş qilindi.Trampning bildirişiça, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon uni past baholagan va endi uning “orqasidan öpişga” majbur.
“U meni orqamdan öpişi kerak”, deydi Tramp AQŞ va Saudiya Arabistoni munosabatlariga izoh berar ekan.
Uning fikriça, Podşohlik valiahd şahzodasi Trampni “mamlakati parçalanib borayotgan navbatdagi muvaffaqiyatsiz Prezident” deb hisoblab, uni yetarliça baholamagan, endi esa şahzoda Trampga nisbatan xuşmuomalaroq bölişi kerak.
“U meni şunçaki navbatdagi omadsiz Amerika Prezidenti, mamlakat esa jarlikka qarab ketadi deb öylagan edi. Lekin endi u menga nisbatan muloyim bölişi kerak. Unga ayting, menga yaxşi muomala qilsin”, deydi Tramp öz nutqi davomida.