Uruş kelasi 2 hafta içida tugaydi – Rubio
29-03-2026, 14:36
39 марта

Uruş kelasi 2 hafta içida tugaydi – Rubio
AQŞning Erondagi harbiy operatsiyalari Prezdident Donald Tramp va Oq uy mamuriyatining say-harakatlari bilan kelgusi bir-ikki hafta içida yakunlanişi mumkin. Bu haqda keça, 27 mart kuni AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Frantsiyada ötkazilgan G7 davlatlarining Taşqi işlar vazirlari sammitida söz oçdi.“Biz Erondagi xarbiy operatsiyalarda közlagan maqsadlarimizga muddatidan avval erişdik. Umid qilamanki, bu uruş kelgusi bir-ikki hafta içida öz yakuniga yetadi”, deydi Rubio.Davlat kotibi “tinçlik kelişuvi”ni birinçi bölib Donald Tramp taklif qilgani, ammo Eron tomonidan jiddiy qarşiliklar bölganini tufayli bu jarayonlar keçikkanini takidlagan.
“AQŞ va Isroilning Erondagi xarbiy operatsiyalari davomida Oyatulloh Ali Xomanaiy qatorida bir neça yirik davlat amaldorlari yöq qilindi. Ayni paytda, Donald Tramp Eron Prezdidenti Masud Pezişkiyonga tanlov imkoniyatini berib, Eron hududiga qöşin yuborişga tayyorlanmoqda”, deydi Rubio G7 davlatlarining Taşqi işlar vazirlariga qarata.Biroq u jurnalistlarning “Eron tomoni ham bu uruşni kelgusi 2 hafta içida yakunlaşni tasdiqladimi?”, degan savoliga “Biz hali ulardan javob olmadik. Ammo bizdagi xabarlarga köra, Eron tomon ham kelişuvga tayyorgarlik körmoqda. Biz ular bilan kimlar orqali qayerda gaplaşişimiz haqidagi savollarga aniqlik kiritişlarini kutmoqdamiz”, deya javob qaytargan.
Şu bilan birga, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff ham bugun, 28 mart kuni Oq uydagi jurnalistlar bilan uçraşuvda kelgusi haftada uçraşuvlar bölişiga “umid qilayotgani”ni aytdi.
“Biz eronliklarga 15 bandlik kelişuv yubordik. Hozirda ulardan javob kelişini kutyapmiz va bu hammasini hal qiladi”, deydi Uitkoff.Tramp ham keça, 27 mart kuni jurnalistlar bilan ötkazilgan matbuot anjumanida Eron hukumatiga “imkoniyat beriş” uçun elektr stantsiyalariga hujumni töxtatganini aytdi.
“Eron yöq bölib bormoqda. Biz hozir ular bilan gaplaşyapmiz. Ular menga bitim tuzmoqçi ekanliklarini aytişdi”, deydi Oq uy rahbari.