Maduro AQŞda hibsda turib murojaat qildi
29-03-2026, 19:54
727 марта

Maduro AQŞda hibsda turib murojaat qildi
Venesuyela Prezidenti Nikolas Maduro AQŞda hibsda bölgan holda uzoq tanaffusdan söng ilk bor murojaat bilan çiqdi. U bugun, 29 mart kuni X ijtimoiy tarmoğida bayonot elon qilgan.Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores nomidan joylangan xabarda ular fuqarolardan kelayotgan qöllab-quvvatlaş sözlarini olayotgani va buning uçun minnatdor ekani aytiladi.
“Biz sizlarning xabarlaringizni, maktublaringizni va duolaringizni oldik. Har bir mehr va qöllab-quvvatlov sözi bizni ruhiy jihatdan mustahkamlamoqda. Biz yaxşimiz, bardam va xotirjammiz”, deyiladi murojaatda.Şuningdek, Maduro tinçlikni mustahkamlaş, milliy birlik va muloqotni kuçaytirişga çaqirgan. Unga köra, Venesuyela yaraşuv va özaro hurmat yölidan borişi kerak.
Avvalroq, uning Bruklindagi metropoliten tergov izolyatorida saqlanayotgani haqida xabar berilgan edi. Manbalarga köra, u deyarli töliq izolyatsiya şaroitida saqlanmoqda.
Maduro öz hibsga olinişi noqonuniy ekanini takidlab, bu haqda malumotni oilasiga va boşqa venesuyelalik mahbuslarga yetkazişni söragan.