Eron Isroil janubidagi kimyo zavodiga zarba berdi
30-03-2026, 12:06
152 марта

Eron Isroil janubidagi kimyo zavodiga zarba berdi
Isroil janubidagi Neot-Xovav sanoat hududida joylaşgan kimyo zavodiga uyuştirilgan hujumdan söng yonğin yuzaga keldi. Bu haqda Ynetnews xabar berdi.Hodisa joyidan işçilar va xodimlar zudlik bilan evakuatsiya qilingan. Xavfli moddalar bilan işlovçi maxsus xizmatlar hamda monitoring guruhlari sanoat hududida zaharli moddalar sizib çiqişi xavfini örganmoqda. Tez tibbiy yordam xizmati malumotiga köra, bir kişi yengil jarohat olgan.
Isroilning xabariga köra, hodisa haqida malumot olingaç, Beer-Şeva şahridan uçta maxsus xavfli moddalar bilan işlovçi guruh va monitoring bölinmalari voqea joyiga yuborilgan. Naşr hozirça jabrlanganlar haqida aniq malumot yöqligini bildirgan.
OAV ham bir erkak jarohat olganini, unga tibbiy yordam körsatilganini malum qilgan. Şuningdek, sanoat hududi yaqinidagi korxonalar xodimlari xavfli moddalar sizib çiqişidan qörqib, iş faoliyatini vaqtinça töxtatişga majbur bölgan.
Neot-Xovav hududida önlab yirik zavodlar faoliyat yuritadi va minglab işçilar mehnat qiladi. Atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligi ham voqea joyiga öz mutaxassislarini yuborganini malum qilgan.
Eronning “Fars” agentligi manbasiga tayanib xabar berişiça, zarba Isroil janubidagi harbiy sanoat bilan boğliq zavodga qaratilgan. Uşbu hujum Eron sanoati va zavodlariga qarşi ehtimoliy hujumlarga ogohlantiriş sifatida baholanmoqda.