Turkiyaga ham qum böroni yopirildi
3-04-2026, 16:31
159 марта

Turkiyaga ham qum böroni yopirildi
Bugun, 3 aprel kuni Turkiyaning Şarqiy Örta Yer dengizi hududidagi ayrim şaharlarini Afrikadan kirib kelgan çang tözoni qoplaşni boşladi. Bu haqda GZT xabar berdi.Qayd etilişiça, kuçli şamol tasirida kirib kelgan çang Adana, Hatay va Usmoniya hududlarida köriş masofasini pasaytirgan. Qalin çang transport harakati va kundalik hayotda jiddiy qiyinçiliklarni keltirib çiqargan. Ayniqsa, Hatay viloyatining Samantoğ tumanida kuçli sezilgan. Ziç çang tözoni sabab yöl va dengizdagi köriniş bazi paytlarda deyarli yöqolib, haydovçilar harakatlanişi murakkablaşgan.
Bundan taşqari, astma kabi surunkali nafas yöllari kasalliklariga çalingan fuqarolarda nafas oliş qiyinlaşgani ham qayd etilgan.
Istanbul şahriga ham kirib kelgan mazkur çang sezilarli tasir körsatgan. Istanbul texnika universiteti Iqlimşunoslik va meteorologiya muhandisligi bölimi öqituvçisi Husayn Toros uşbu tözon 5 aprel kuni Marmara mintaqasini tark etişini aytgan.
Professorning tuşuntirişiça, Sahroi Kabirdan kötarilgan çang bulutlari Örta Yer dengizi ustidagi past bosim tizimi tasirida Turkiyaga yetib borgan. U yana bir muhim jihat – agar yoğingarçilik bölsa, çang yomğir bilan aralaşib, loy yomğiri deb ataladigan holat yuzaga kelişi mumkinligidan ogohlantirgan.