Tramp Eronga «qaqşatqiç zarba» sanasini elon qildi
5-04-2026, 22:01
495 марта

Tramp Eronga «qaqşatqiç zarba» sanasini elon qildi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Erondagi köpriklar va energetika inşootlariga katta zarba berişga tayyorligini elon qildi.Uning takidlaşiça, agar Tehron kelişuvga könmasa va Hormuz böğozini oçmasa, hujum ikki kun içida amalga oşirilişi mumkin.
«Seşanba kuni Eronda «Elektr stantsiyalari kuni», ham «Köprik kuni» böladi», deb yozgan u Truth Social. «Böğozni oçing, aks holda biz dözax eşigini oçamiz».
Bir kun oldin Donald Tramp agar keyingi 48 soat içida tinçlik bitimiga erişilmasa, Eronni «dözax» bilan tahdid qilgan edi. Reuters xabariga köra, Isroil ham Eron energetika inşootlariga zarba berişga tayyorlanmoqda.