Orban Kreml bilan maxfiy rejani kelişib oldi – “Politico”
8-04-2026, 20:08
177 марта

Orban Kreml bilan maxfiy rejani kelişib oldi – “Politico”
Vengriya Boş vaziri Viktor Orban Kreml bilan Vengriyada Rossiya tasirini kengaytiriş böyiça maxfiy rejani kelişib oldi. Bu haqda Rossiya hukumati tomonidan tuzilgan va “Politico” ixtiyoriga tuşgan hujjatlarda aytiladi.“2025 yil oktyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga uning “siçqoni” bölişga va Rossiya “arsloni”ga yordam berişga vada bergan Vengriya Boş vaziri Viktor Orban dekabr oyiga kelib öz mamlakatini Putin rejimiga yanada mahkamroq boğlaşga tayyorgarlik kördi”, deyiladi xabarda.Qayd etilişiça, ötgan yilning oxirida Vengriya Taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto va Rossiya Soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko Moskvada uçraşib, ikki davlat örtasida iqtisodiy, savdo, energetika, madaniy va sport aloqalarini kengaytiriş böyiça 12 banddan iborat kelişuvni imzolagan. Garçi Orban hukumati Yevropa Ittifoqidagi Kremlning sönggi ittifoqçisi bölib qolayotgan va Rossiya bilan yaqin aloqalarni saqlab kelayotgan bölsa-da (birgina Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan Siyyarto Ukrainadagi uruş davrida 20 marta uçraşgan), uşbu kelişuv haqida hozirgaça malum emas edi. Siyyarto va Muraşko 2005 yilda taşkil etilgan Iqtisodiy hamkorlik böyiça Rossiya-Vengriya hukumatlararo komissiyasining hamraislari hisoblanadi.
“Ikki davlat örtasidagi iqtisodiy hamkorlikning mustahkamlanişida, agar Ukrainadagi tört yillik uruşdan keyin bu qadamga Yevropa Ittifoqiga azo davlat qöl urmaganida, heç qanday ğalatilik bölmas edi. Vaholanki, Ittifoq Rossiyaga nisbatan tarixdagi eng qattiq siyosiy va iqtisodiy sanktsiyalarni joriy qilgan, u bilan energiya resurslari yetkazib beriş körinişidagi qolgan iqtisodiy aloqalarni uzgan hamda Moskva Yevropa bilan gibrid uruşi doirasida qöllayotgan diversiyalar, dezinformatsiya va sabotaj harakatlaridan himoyalanişga majbur bölmoqda”, deyiladi xabarda.“Politico” tanişib çiqqan hujjatlarda Rossiya idoralari uçun yangi majburiyatlarni bajariş böyiça yöriqnomalar mavjud. Siyyarto va Muraşko tomonidan imzolangan kelişuv “ikki tomonlama savdodagi salbiy dinamikani özgartiriş”ga intilişni nazarda tutadi, Rossiya kompaniyalariga Vengriyaning elektr energetikasi va vodorod energetikasi sohasidagi yangi loyihalariga yöl oçadi, şuningdek, neft, gaz va yadro yoqilğisi sohasida hamkorlikni öz içiga oladi.