Pentagon harbiy harakatlarni qayta boşlaşga tayyor – NYT
9-04-2026, 09:35
152 марта

Pentagon harbiy harakatlarni qayta boşlaşga tayyor – NYT
AQŞ Mudofaa vazirligi (Pentagon) Eronga qarşi harbiy harakatlarni qayta boşlaşga tayyor, ammo Prezident Donald Tramp şoşilmayapti. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.Keça, 8 aprel kuni ertalab Pentagonda AQŞ Mudofaa vaziri Pit Xegset sönggi beş hafta içida eronliklar “tahqirlangani va ruhiyati tuşirilganini” hamda Qöşma Ştatlar mamlakatning yadroviy zaxiralariga – işontiriş yoki kuç işlatiş yöli bilan kiriş imkoniga ega bölişini aytdi.
Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasining vazminroq raisi, general Den Keyn jurnalistlarga Amerika kuçlari Yaqin Şarqda qolişini va “agar buyruq berilsa yoki zarurat tuğilsa, harbiy operatsiyalarni sönggi 38 kun içida tezlik va aniqlik bilan qayta boşlaşga tayyorligini” malum qildi.
“Biroq Donald Tramp seşanba kuni elon qilgan nozik öt oçişni töxtatiş rejimi boşlanganidan bir neça soat ötgaç, şu narsa ayon böldiki, muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uçragan taqdirda harbiy harakatlarni qayta tiklaş harbiy jihatdan mumkin bölgan variant bölsa-da, bu Tramp uçun siyosiy jihatdan unçalik töğri tanlov emas. Muzokaralar juma kuni Islomobodda boşlanişini hisobga olsak, eronliklar ham buni tuşunib turişibdi”, deyiladi xabarda.Naşrning yozişiça, agar Hormuz böğozi orqali yetkazib beriş haqiqatda qayta tiklansa, allaqaçon taxminan 14 foizga arzonlaşgan va bir barreli 95 dollar atrofida bölib turgan Brent markali neft narxi pasayişda davom etişi mumkin. Benzin narxlari ham, ehtimol, uning ortidan tuşadi, garçi heç kim ularning uruşdan oldingi darajaga qaytişini kutmayotgan bölsa-da. Asosiy fond indeksi 2 foizdan köproqqa kötarildi.