Taniqli turk aktyori Burak Deniz hibsga olindi
9-04-2026, 17:26
631 марта

Taniqli turk aktyori Burak Deniz hibsga olindi
Önlab reytingli seriallarda suratga tuşgan va "Malikam, endi qara", “Tun malikasi” filmi bilan maşhur bölgan turk aktyori Burak Deniz politsiyaning giyohvandlikka qarşi operatsiyasi doirasida Istanbulda qölga olindi. Bu haqda “Habertürk TV” xabar berdi.Prokuratura tomonidan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilişi böyiça qaror çiqarilgan 14 kişidan 11 nafari qölga olingan. Ular orasida Norm Ender taxallusi bilan tanilgan reper Ender Eröğli ham bor.
Joriy yilning 7 aprel kuni töqqiz nafar şou-biznes va kino namoyandasi, jumladan, “Sen tuğilgan uy – sening taqdiring”, “Quş parvozi” seriallari bilan tanilgan aktyor Ibrohim Çelikol va maşhur pop ijroçilari Bengu, Simge Sağin, Melek Mosso hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Ular giyohvand moddalarni istemol qiliş, saqlaş va tarqatişda gumon qilinmoqda.
Turkiyada, asosan Istanbulda, sönggi bir neça oy içida giyohvandlikka qarşi yirik operatsiyalar muntazam ravişda ötkazilmoqda. Avvalroq bir neça önlab odamlar, jumladan, taniqli aktyorlar, telejurnalistlar va blogerlar hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Fevral oyida Istanbul sudi Bosfor qirğoğidagi beş yulduzli “Bebek” mehmonxonasi faoliyatini töxtatdi. Politsiya malumotlariga köra, uşbu mehmonxonada mahalliy elita vakillari giyohvand moddalar istemol qilgan ziyofatlar ötkazilgan.