Turkiyada suv toşqini sodir böldi. Qurbonlar bor
9-04-2026, 17:38
49 марта

Turkiyada suv toşqini sodir böldi. Qurbonlar bor
Keça, 8 aprel kuni Turkiyaning Usmoniya viloyatida kuçli yomğirlar ortidan sodir bölgan suv toşqini oqibatida avtomobildagi 2 kişi halok böldi. Bu haqda “Sözcü” xabar berdi.Qayd etilişiça, Qodirli tumanidagi Bulbul darasi kuçli yomğir oqibatida toşib, köplab mahallalarni suv bosgan. Toşqin oqibatida bazi avtomobillarni oqim olib ketgan, bazilari esa suv ostida qolgan. Şunday maşinalarning birida bölgan ikki kişi qutqaruv xizmati yetib kelgunga qadar halok bölgan.
Viloyat hokimi Mahmud Fotih Serdengeçti tumani hududlariga borib, kuçli yomğirdan zarar körgan hududlarda tekşiruv olib borgan.
“Tumanning Soğliqni saqlaş bölimi va Öqituvçilar uyi hududidagi avtoturargohda 2 fuqaro halok böldi. Avtomobil olib ketildi. Sel va toşqin xabarlari asosida barça qutqaruv xizmatlari, şuningdek, mahalliy hokimiyat va yonğin xavfsizligi xizmati jami 550 nafar xodim va 150 dan ortiq texnika vositalari bilan fuqarolarimizning avvalo hayot xavfsizligini taminlaş, söng moddiy zararni bartaraf etiş böyiça tezkor iş olib borgan”, degan viloyat hokimi.