USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dastlabki hisob-kitob: Eron Isroil va AQŞ hujumlari ortidan qança zarar kördi?

172 марта

Dastlabki hisob-kitob: Eron Isroil va AQŞ hujumlari ortidan qança zarar kördi?

Eron hukumati AQŞ va Isroil zarbalari oqibatida yetkazilgan zarar miqdorini dastlab 270 milliard dollar deb baholadi. Bu haqda mamlakat hukumati rasmiy vakili Fotima Mohajerani malum qilgan.

Uning sözlariga köra, bu hali aniq bölmagan, dastlabki hisob-kitoblar bölib, yakuniy raqamlar keyinroq elon qilinadi. Baholaş bir neça bosqiçda amalga oşiriladi: avvalo binolar va infratuzilmaga yetkazilgan zarar aniqlanadi, söngra davlat byudjeti daromadlaridagi yöqotişlar va sanoat obektlari faoliyatining töxtaşi oqibatlari hisoblab çiqiladi.
Eron tomoni muzokaralarda harbiy reparatsiyalar masalasini ham kötarmoqda. Bu mavzu ötgan hafta Islomobodda AQŞ bilan bölib ötgan uçraşuvda ham muhokama qilingan.

Avvalroq, Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy mamlakat yetkazilgan zarar va qurbonlar uçun albatta kompensatsiya talab qilişini bildirgan edi. U Eron uruşni boşlamaganini, ammo öz “qonuniy huquqlaridan” voz keçmasligini takidlagan.
AQŞ 28 fevral kuni Isroil bilan birga Eronga qarşi keng kölamli harbiy operatsiya boşlagan edi. Eron bunga javoban, jumladan, Fors körfazi hududidagi AQŞ bazalariga zarbalar bergan. Ayrim malumotlarga köra, bu hujumlar AQŞ obektlariga taxminan 1,5 milliard dollar zarar yetkazgan.
8 aprel kuni AQŞ va Eron ikki haftalik öt oçişni töxtatiş rejimiga kelişib oldi, biroq 11 aprel kuni ötkazilgan muzokaralar yakunida tomonlar yakuniy kelişuvga erişa olmadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: