6 mingga yaqin migrant Rossiyadan çiqarib yuboriladi
15-04-2026, 19:34
195 марта

6 mingga yaqin migrant Rossiyadan çiqarib yuboriladi
Rossiyada joriy yilning mart oyida noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş doirasida ötkazilgan reydlar natijasida 6 mingga yaqin çet el fuqarosini mamlakatdan çiqarib yuboriş haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk özining Telegram-kanalida malum qildi.Qayd etilişiça, ötkazilgan tekşiruvlar natijasida Rossiya tergovçilari tomonidan mingga yaqin jinoiy iş qözğatilgan. Reydlar davomida qidiruvda bölgan 138 nafar şaxs aniqlangan. Yana 7,7 ming nafar çet el fuqarosiga nisbatan Rossiyaga kirişni taqiqlaş böyiça qaror qabul qilingan. Şuningdek, 48 mingta mamuriy huquqbuzarlik holati aniqlangan. 26 ming nafardan ortiq migrant javobgarlikka tortilgan bölib, ularning 24 ming nafari majburiy daktiloskopiya (barmoq izi oliş) va suratga tuşiş jarayonlaridan ötkazilgan.
Irina Volkning qöşimça qilişiça, mart oyidagi reydlar butun mamlakat böylab ötkazilib, unda Içki işlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati (FXX) va Rosgvardiya vakillari iştirok etgan. Bu gal asosiy etibor transport infratuzilmasi obektlarini tekşirişga qaratilgan. Şuningdek, reydlar bozorlar, omborxonalar, sanoat zonalari va çet elliklar yaşaydigan joylarni ham qamrab olgan. Jami 130 mingtadan ortiq obekt tekşirilgan.
Tadbirlarga 60 mingga yaqin politsiyaçi jalb etilgan bölib, samaradorlikni oşiriş uçun uçuvçisiz uçiş apparatlari va boşqa zamonaviy texnik vositalardan foydalanilgan. Qayd etilişiça, IIV malumotlariga köra, 2025 yilda Rossiyadan 72 ming nafar çet el fuqarosi çiqarib yuborilgan.