AQŞ va Eron örtasidagi sulh muddati uzaytirildi
22-04-2026, 09:12
123 марта

AQŞ va Eron örtasidagi sulh muddati uzaytirildi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan öt oçişni töxtatiş rejimini uzaytiriş haqida buyruq berdi. Bu haqda u özining Truth Social tarmoğida yozib qoldirdi.Uning aytişiça, Pokiston rahbariyati vositaçilik qilib, AQŞdan Eronga zarbalarni vaqtinça töxtatişni söragan. Şu sabab Tramp AQŞ Qurolli kuçlariga Hormuz böğozidagi blokadani davom ettiriş, jangovar tayyorgarlikni saqlab turiş va muzokaralar yakuniga qadar sulhni uzaytirişni buyurgan.
8 aprel kuni tuzilgan vaqtinçalik sulh 21 aprel kuni öz kuçini yöqotgan edi.
Avvalroq, Eron Pokistonda AQŞ bilan ötkazilişi rejalaştirilgan muzokaralarning ikkinçi bosqiçida qatnaşişdan boş tortgan. Şu bilan birga, AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vensning safar ham nomalum muddatga keçiktirilgan.
Ötgan hafta Tramp AQŞ delegatsiyasi Islomobodga yöl olişini va u yerda Eron bilan yangi muzokaralar ötkazilişini bildirgandi. Delegatsiyaga aynan Vens boşçilik qilişi rejalaştirilgan edi.
8 aprel kungi ikki haftalik sulh arafasida tomonlar özaro talablar röyxatini taqdim etgan.
AQŞ taklifida 15 ta band bölib, ular orasida:
- Hormuz böğozini oçiş;
- Eronning raketa dasturini çeklaş;
- yadroviy dasturdan töliq voz keçiş (barça obektlarni demontaj qiliş va boyitilgan uranni Xalqaro atom energiyasi agentligiga topşiriş);
- mintaqadagi ittifoqçi kuçlarni qöllab-quvvatlaşni töxtatiş kabi talablar bor. Evaziga AQŞ sanktsiyalarni bekor qiliş va Eronning tinç yadroviy energetikasini rivojlantirişga yordam berişni vada qilgan.
- AQŞning hujum qilmaslik kafolati;
- Hormuz böğozi ustidan nazoratni tan oliş;
- uran boyitiş huquqini etirof etiş;
- barça sanktsiyalarni bekor qiliş;
- AQŞ qöşinlarini mintaqadan olib çiqiş va harbiy harakatlarni töxtatiş kabi talablar ilgari surilgan.