Isroilning Livanga hujumida jurnalist halok böldi
23-04-2026, 16:48
40 марта

Isroilning Livanga hujumida jurnalist halok böldi
Keça, 22 aprel kuni Isroilning Livanga hujumi oqibatida kamida 5 kişi, jumladan, 1 nafar jurnalist halok böldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.Qayd etilişiça, Isroil dastlab Livan janubidagi at-Tiri qişloğidagi maşinaga dron bilan hujum qilgan. Oqibatda esa maşina içidagi ikki kişi halok bölgan. Uşbu hujumni tasvirga oliş maqsadida mahalliy “Al Axbar” ommaviy axborot vositasida işlovçi ikki jurnalist Amal Halil va Zaynab Faraj voqea joyiga yetib borgan. Isroil tomonidan öşa qişloqdagi binoga qilingan keyingi havo hujumi oqibatida Zaynab Faraj yaralangan va u vayronalar ostida qolgan. Amal Halil esa keyinçalik voqea joyida ölik holda topilgan. Uşbu xabarni ularning iş beruvçisi ham tasdiqlagan.
Malum qilinişiça, Isroilning hujumlari davom etayotgani sababli qutqaruvçilar jurnalistlarning oldiga uzoq vaqt bora olmagan. Keyinçalik, Zaynab Faraj mahalliy şifoxonaga olib borilgan va uning ahvoli juda oğirligi va jarrohlik amaliyotiga muhtoj ekanligi aytilgan.
Bungaça Livan Soğliqni saqlaş vazirligi Isroil jurnalistlar işlovçi binoni nişonga olib, ularni taqib qilayotgani haqida xabar bergan.