Xorazmda elektr taminotini yaxşilaş işlari: Qöşköpirda podstantsiya tarmoqlari yangilanmoqda
28-04-2026, 11:25
141 марта
Xorazmda elektr taminotini yaxşilaş işlari: Qöşköpirda podstantsiya tarmoqlari yangilanmoqdaHududiy elektr tarmoqlari AJning Xorazm hududiy filiali tomonidan hududlarda elektr taminotini yanada yaxşilaş, aholiga uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib beriş maqsadida keng kölamli mukammal tamirlaş işlari olib borilmoqda.
Xususan, Qöşköpir tumanida joylaşgan 35/10 kVAli “Ğalaba” podstantsiyasidan çiquvçi 10 kVli “Zarbdor” havo elektr tarmoğida mukammal tamirlaş işlari amalga oşirilmoqda.
Olib borilayotgan işlar doirasida eskirgan elektr uzatiş ustunlari bosqiçma-bosqiç yangilanib, ular örniga zamonaviy temir-beton ustunlar örnatilmoqda. Bu esa tarmoqning texnik holatini yaxşilaş, avariya holatlarini kamaytiriş va elektr energiyasini uzluksiz yetkazib beriş imkoniyatini oşiradi.
Mazkur yangilanişlar natijasida Uyğur mahallasi va Zarbdor mahallasida istiqomat qiluvçi aholi hamda xöjalik yurituvçi subektlarning elektr taminoti yanada barqaror va işonçli bölişi kutilmoqda.
Mutaxassislar takidlaşiça, bunday izçil işlar nafaqat mavjud muammolarni bartaraf etadi, balki kelgusida hududning energetik infratuzilmasini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.


