Urganç tumanida 9 mingdan ortiq xonadon suyultirilgan gaz bilan taminlanmoqda
27-04-2026, 17:35
58 марта
Urganç tumanida 9 mingdan ortiq xonadon suyultirilgan gaz bilan taminlanmoqdaBugungi kunda Urganç tumanining 21 ta mahallasida istiqomat qiluvçi 9 813 ta aholi xonadoni hamda 5 ta ijtimoiy soha obekti suyultirilgan gazdan doimiy ravişda foydalanib kelmoqda.
Istemolçilarni gaz ballonlari bilan öz vaqtida va xavfsiz taminlaş maqsadida maxsus jihozlangan 3 ta “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi jalb qilingan. Bu esa aholiga xizmat körsatiş sifatini oşiriş va uzluksiz yetkazib berişni taminlaşga xizmat qilmoqda.
Şuningdek, istemolçilarning haq-huquqlarini himoya qiliş va şaffoflikni taminlaş maqsadida gaz ballonlari nazorat tarozilari orqali tortib berilişi qatiy yölga qöyilgan. Bu orqali aholida mahsulot hajmi böyiça işonç mustahkamlanmoqda.
Amaliy natijalar
Joriy yilning ötgan davri mobaynida faqatgina “Köhnaovul” mahallasidagi 246 ta xonadonga 11 960 kilogramm suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Bu körsatkiçlar ortida soha xodimlarining tinimsiz mehnati va aholi farovonligi yölidagi yuksak masuliyati mujassam.
Eslatib ötamiz: suyultirilgan gazdan foydalanişda texnika xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya qiliş zarur.