9 may — Xotira va qadrlaş kuni: Urgançda xotira va ehtirom tadbiri ötkazildi
9-05-2026, 09:47
252 марта
9 may — Xotira va qadrlaş kuni: Urgançda xotira va ehtirom tadbiri ötkazildi9 may — Xotira va qadrlaş kuni hamda Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 81 yilligi munosabati bilan Urganç şahridagi Xotira maydonida tantanali tadbir bölib ötdi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari, harbiylar hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.
Orkestr sadolari ostida iştirokçilar Motamsaro ona haykali poyiga gulçambarlar qöyib, Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan ajdodlar xotirasini yod etdilar.
Tadbir davomida front ortida mehnat qilgan insonlar, uruş qatnaşçilari va faxriylarga ehtirom körsatildi. Qatnaşçilar xalqimiz tinçligi va yurt ozodligi uçun jonini fido qilgan ota-bobolarimizning jasorati, matonati va buyuk xizmatlarini çuqur ehtirom bilan esladilar.
Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan ötkazilgan mazkur tadbir yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, milliy qadriyatlar va tarixiy xotirani asrab-avaylaşda muhim ahamiyat kasb etdi.




