Urganç şahrida içki xöjalik yöllari tamirlandi
22-05-2026, 14:09
143 марта
Urganç şahrida içki xöjalik yöllari tamirlandiXorazm viloyatida aholi uçun qulay infratuzilma yaratiş, yöl-transport tizimini yaxşilaş borasida amaliy işlar izçil davom etmoqda. Ana şunday işlardan biri Urganç şahrida amalga oşirildi.
Jumladan, şaharning Firdavsiy 5-yölak köçasi hamda Buyuk ipak yöli köçalarida joriy tamirlaş işlari olib borildi. Mazkur yöllarning umumiy uzunligi 1,75 kilometrni taşkil etib, hududda yangi asfalt qoplamasi yotqizildi.
Tamirlaş işlari natijasida aholi va haydovçilar uçun yanada qulay hamda xavfsiz harakatlaniş imkoniyati yaratildi. Ayniqsa, içki köçalarning yangilanişi transport harakatini yengillaştiriş bilan birga, mahalla infratuzilmasining körinişini ham yaxşiladi.
Loyiha pudratçisi sifatida Gurlan tuman Yöllardan foydalaniş davlat muassasasi tomonidan quriliş-tamirlaş işlari sifatli taşkil etildi.