Urgançda avto turargoh narxlari muhokamalarga sabab bölmoqda
30-05-2026, 19:37
441 марта
Urgançda avto turargoh narxlari muhokamalarga sabab bölmoqdaIjtimoiy tarmoqlarda Urganç şahridagi avto turargohlardan biriga örnatilgan narxnoma aks etgan video keng tarqaldi. Videoda turli toifadagi transport vositalari uçun belgilangan saqlaş xizmatlari narxlari körsatilgan.
Narxnoma malumotlariga köra, katta yuk avtomobillari uçun bir kunlik tölov 150 ming söm, yuk avtomobillari uçun 120 ming söm, kiçik yuk avtomobillari uçun 80 ming söm etib belgilangan. Yengil avtomobillar uçun 40 ming söm, mototsikl va skuterlar uçun 25 ming söm, velosiped hamda samokatlar uçun esa 20 ming söm tölov undirilişi körsatilgan.
Şuningdek, elonda jarima maydonida saqlanayotgan transport vositalari uçun tölov avtomobil maydonga kiritilgan sanadan boşlab hisoblanişi qayd etilgan.
Mazkur narxlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari örtasida turliça fikrlarga sabab bölmoqda. Ayrimlar belgilangan tariflarni yuqori deb baholayotgan bölsa, boşqalar maxsus saqlaş maydonlarini saqlaş va xizmat körsatiş xarajatlarini hisobga olgan holda bu narxlarni asosli deb hisoblamoqda.
Hozirça mazkur tariflar qaçon tasdiqlangani va ular qaysi meyoriy hujjat asosida joriy etilgani yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.
Siz bu narxlar haqida qanday fikrdasiz?
