Gurlan tumanida yangi tizim: “Qatariq” mahallasida gaz bosimi regulyatorlari örnatilmoqda
14-05-2026, 19:50
40 марта
Gurlan tumanida yangi tizim: “Qatariq” mahallasida gaz bosimi regulyatorlari örnatilmoqda“Hududgaz Xorazm” gaz taminoti filiali tomonidan istemolçilarga sifatli va barqaror tabiiy gaz yetkazib beriş borasidagi işlar kölami kengaymoqda. Navbatdagi manzillardan biri Gurlan tumanidagi “Qatariq” mahallasi böldi.
Bugungi kunda gaz taminoti tizimini modernizatsiya qiliş va sohada yöqotişlarning oldini oliş eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Şu maqsadda, “Gurlantumangaz” gaz taminoti bölimi mutaxassislari tomonidan mahalladagi aholi xonadonlariga örnatilgan zamonaviy elektron gaz hisoblagiçlar oldiga maxsus gaz bosimi regulyatorlari örnatiş işlari jadal olib borilmoqda.
Bu istemolçiga nima beradi?
Bosim bir xilligi: Mahalla hududidagi barça xonadonlarda, tarmoqning boşida yoki oxirida joylaşganidan qati nazar, tabiiy gaz bir xil meyorda yetib borişi taminlanadi.
Gaz tejamkorligi: Regulyatorlar ortiqça bosimni jilovlab, gazning behuda sarflanişini oldini oladi. Bu esa istemolçining hamyoniga foyda keltirib, umumiy energiya samaradorligini oşiradi.
Xavfsizlik kafolati: Qurilma gaz bosimining keskin kötarilib ketişi yoki pasayişini muvozanatlab, xonadondagi gaz jihozlarining xavfsiz va uzoq muddat işlaşiga xizmat qiladi.
Uşbu çora-tadbirlar nafaqat istemolçilarga qulaylik yaratiş, balki tizimdagi texnik yöqotişlarni kamaytirişda ham muhim omil bölmoqda.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, sohadagi bu kabi amaliy yangiliklar aholining yaşaş şaroitini yaxşilaş bilan birga, milliy boyligimiz bölgan tabiiy gazdan oqilona foydalaniş madaniyatini şakllantirişga xizmat qiladi.
“Hududgaz Xorazm” gaz taminoti filiali matbuot xizmati

