USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rasman: «Barselona» klubining sobiq mutaxassisi «Xorazm» PFKda iş boşladi

167 марта
Rasman: «Barselona» klubining sobiq mutaxassisi «Xorazm» PFKda iş boşladi

Xorazm futboli muxlislari uçun ajoyib va kutilmagan yangilik! Vohamizning boş jamoasi — «Xorazm» professional futbol klubi tarkibiga xalqaro darajadagi tajribali xorijlik mutaxassis jalb qilindi.

Ispaniyalik tajribali mutaxassis Rossanigo Horasio (Rossanigo Horacio) «Xorazm» PFK jamoasi futbolçilarining jismoniy tayyorgarligi böyiça murabbiy sifatida öz iş faoliyatini boşladi.
«Barselona»dan Xorazmgaça: Yangi murabbiyning boy tajribasi


36 yoşli ispaniyalik mutaxassisning rezyumesi juda salmoqli bölib, u faoliyati davomida dunyoning yetakçi klublari va turli qitalar jamoalarida tizimli iş olib borgan. Rossanigo Horasio şu paytgaça quyidagi klublarda faoliyat yuritgan:
 🇪🇸 «FC Barcelona» (Ispaniya) — Jismoniy tayyorgarlik va natijadorlik departamenti (Performance department);
 🇨🇳 «Şanghái SECND» (Xitoy) — Jismoniy tayyorgarlik böyiça boş mutaxassis (Head of Performance);
 🇪🇸 «Terrassa FC» (Ispaniya) — Natijadorlikni muvofiqlaştiruvçi (Performance Coordinator);
 🇧🇴 «Inter Santa Cruz FC» (Boliviya) — Jismoniy tayyorgarlik böyiça direktor (Director of Performance).
Jamoadan yangi maqsadlar sari qadam
Xalqaro maydonda katta tajriba töplagan yevropalik mutaxassisning zamonaviy va professional yondaşuvi «Xorazm» klubi futbolçilarining jismoniy holatini yangi bosqiçga olib çiqişi kutilmoqda. Bu esa jamoamizning joriy mavsumda va kelajakda yanada yuqori marralarni zabt etişiga xizmat qiladi.
Saytimiz va vohamizning köplab futbol muxlislari nomidan 36 yoşli ispaniyalik mutaxassis Rossanigo Horasioga «Xorazm» PFK safidagi faoliyatida omad, ulkan zafarlar va yorqin ğalabalar tilab qolamiz!
Vohamiz futboliga xuş kelibsiz, Horasio!

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: