USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda faol startapçi yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi: suniy intellekt tanlovi ğoliblari taqdirlandi

128 марта
Xorazmda faol startapçi yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi: suniy intellekt tanlovi ğoliblari taqdirlandi

Xorazm viloyatida ananaviy Payşanba — yoşlar kuni doirasida viloyat hokimi bilan faol startapçi yoşlar örtasida oçiq muloqot taşkil etildi.

Uçraşuv davomida yoşlar özlarining innovatsion ğoyalari, amalga oşirayotgan startap loyihalari hamda kelgusidagi rejalari haqida taqdimotlar ötkazdi.

Muloqotda startaplarni moliyalaştiriş, ularni amaliyotga joriy etiş va yangi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Viloyat hokimi har bir loyiha bilan yaqindan tanişib, yoşlar tomonidan bildirilgan taklif va taşabbuslarni tingladi. Şuningdek, istiqbolli ğoyalarni amalga oşiriş va yoş tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berildi.
Tadbirning ikkinçi qismida esa “Beş million suniy intellekt yetakçilari” loyihasi doirasida ötkazilgan milliy tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Tanlov yakunlariga köra, Xorazm viloyati respublika miqyosida yetakçi örinni egalladi. Ğoliblikni qölga kiritgan xorazmlik yoşlar soni 407 nafarni taşkil etdi.

Jumladan:
  • 149 nafar maktab öquvçisi noutbuk bilan;
  • 44 nafari planşet bilan;
  • 18 nafari aqlli soat bilan;
  • 132 nafari talim platformalarida öqiş uçun sertifikatlar bilan;
  • 60 nafari kitob xaridi uçun vauçerlar bilan taqdirlandi.
Şuningdek, oliy talim muassasalarining 3 nafar talabasi va 1 nafar öqituvçisi ham munosib rağbatlantirildi.
Taqdirlaş marosimida viloyat hokimi mukofotlarni ğoliblarga tantanali ravişda topşirib, ularning kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Mutasaddilarning takidlaşiça, mazkur loyiha yoşlarni zamonaviy texnologiyalar va suniy intellekt sohasiga keng jalb etiş, ularning bilim va könikmalarini oşiriş hamda raqamli iqtisodiyot uçun malakali kadrlar tayyorlaşga xizmat qilmoqda.




Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: