Tayinlov: Urganç şahar hokimiga yangi örinbosar tayinlandi
15-06-2026, 15:10
1 545 марта
Tayinlov: Urganç şahar hokimiga yangi örinbosar tayinlandiUrganç şahar hokimligi tizimida yangi kadrlar tayinlovi amalga oşirildi. Atamuratov Faxriddin Xujamuratoviç Urganç şahar hokimining örinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Faxriddin Atamuratov özining rahbarlik faoliyati davomida iqtisodiy sohada keng tajriba töplagan mutaxassislardan biri hisoblanadi. Uşbu masuliyatli lavozimda u şaharning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, yangi sanoat quvvatlarini işga tuşiriş, mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş hamda taşqi va içki savdo hajmini kengaytiriş kabi muhim vazifalar ijrosini taminlaşga masul böladi.
Urganç şahar hokimligi va keng jamoatçilik nomidan Faxriddin Xujamuratoviçni uşbu masuliyatli lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etamiz!
Yangi rahbarga şahrimiz ravnaqi, aholi farovonligi va iqtisodiyoti rivoji yölidagi kelgusi masuliyatli va şarafli işlarida ulkan zafarlar, kuç-ğayrat va muvaffaqiyatlar yor bölişini tilab qolamiz.