USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

16 iyun kuni Xorazmning uçta tumanida gaz taminoti vaqtinçalik töxtatiladi

420 марта
16 iyun kuni Xorazmning uçta tumanida gaz taminoti vaqtinçalik töxtatiladi

Xorazm viloyatining Xiva, Tuproqqala va Hazorasp tumanlaridagi gaz quvurlari hamda qurilmalarida tamirlaş, taftiş va sozlaş işlari olib borilişi munosabati bilan tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinçalik töxtatiladi.

«Hududgaz Xorazm» gaz taminoti filiali xabariga köra, çeklovlar quyidagi jadval asosida amalga oşiriladi:

1. Xiva tumani (soat 09:00 dan 18:00 gaça)
Hududdagi tabiiy gaz quvurida gaz sizib çiqiş holati aniqlangan. Uşbu nosozlikni xavfsiz bartaraf etiş maqsadida quyidagi mahallalarda gaz taminoti vaqtinçalik töxtatiladi:
 Juryon, Sayot, Istiqlol, Qumyop va Şörköl mahallalari.
2. Tuproqqala tumani (soat 14:00 dan 18:00 gaça)
Tumanni tabiiy gaz bilan taminlovçi yuqori bosimli gaz taqsimlaş qurilmasida rejali tamirlaş va taftiş işlari olib borilişi sababli quyidagi mahallalarda gaz uzatiş vaqtinçalik töxtatiladi:
 Sayapit, Pastom va Saidlar mahallalari.
3. Hazorasp tumani (soat 10:00 dan 18:00 gaça)
Rejali tamirlaş işlari munosabati bilan quyidagi mahallalarga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinçalik töxtatiladi:
 Qirtepa, Yangibozor, Juvarxos, Barkamol avlod, Aloqaliköl, Yangiobod, Karvak, Ğofur Ğulom va Ovşar mahallalari.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: