Urganç—Xiva yölida mudhiş YTH: «Damas» va «Cobalt» töqnaşuvi oqibatida yonğin çiqdi
17-06-2026, 00:26
676 марта
Urganç—Xiva yölida mudhiş YTH: «Damas» va «Cobalt» töqnaşuvi oqibatida yonğin çiqdiUrganç va Xiva şaharlarini boğlovçi avtomobil yölida mudhiş yöl-transport hodisasi sodir böldi. Olingan dastlabki malumotlarga köra, harakatlanib borayotgan «Cobalt» hamda «Damas» rusumli avtomaşinalar iştirokida töqnaşuv yuz bergan.
Kuçli zarb oqibatida «Damas» avtomaşinasida tösatdan yonğin kelib çiqqan va qisqa vaqt içida transport vositasini olov qurşab olgan. Voqea guvohlari tomonidan olingan videolavhalarda hududni qalin qora tutun qoplagani va voqea joyiga zudlik bilan yonğin-qutqaruv ekipajlari yetib kelgani aks etgan.
Hozirda mazkur hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bölganlar bor-yöqligiga aniqlik kiritilmoqda. Voqea joyida viloyat YHXB va Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimlari iş olib bormoqda. Töqnaşuvning kelib çiqiş sabablari va tafsilotlari örganilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan qöşimça bayonot berilişi kutilmoqda. Tafsilotlarni kuzatib boramiz.