«Taşabbusli byudjet» amalda: Yuqorijirmiz mahallasi içki yöllariga 2.1 km asfalt yotqizildi
20-06-2026, 10:56
58 марта
«Taşabbusli byudjet» amalda: Yuqorijirmiz mahallasi içki yöllariga 2.1 km asfalt yotqizildiMamlakatimizda fuqarolarning mahalliy byudjet mablağlarini taqsimlaşdagi iştirokini taminlayotgan «Oçiq byudjet» axborot portali orqali joylarda yillar davomida töplanib qolgan muammolar öz yeçimini topmoqda. Xususan, Urganç tumanida joriy yilgi «Taşabbusli byudjet» loyihasining 1-mavsumida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va eng köp ovoz töplab, ğolib deb topilgan takliflarni hayotga tadbiq etiş işlari jadal olib borilmoqda.
Tuman aholisining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, içki yöllar holatini talab darajasiga keltiriş maqsadidagi navbatdagi manzil «Yuqorijirmiz» mahallasi böldi.
Mahallaning Oltin tuproq köçasida istiqomat qiluvçi aholining faolligi va birdamligi evaziga loyihada ğolib çiqqan taklif asosida hududda katta hajmdagi quriliş-tamirlaş işlari bajarildi. Belgilangan rejaga muvofiq, pudratçi taşkilot tomonidan mazkur köçaning 2.1 kilometrlik içki yöliga töliq asfalt yotqiziş işlari sifatli yakunlandi.


