Hazoraspning qator mahallalarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi (RÖYXAT)
22-06-2026, 09:26
227 марта
Hazoraspning qator mahallalarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi (RÖYXAT)Xorazm viloyati Hazorasp tumanining bir neçta mahallasida gaz quvuridagi nosozlik tufayli tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Xorazm» gaz taminoti filiali matbuot xizmati malum qildi.
Xabarga köra, «Pitnak-3» gaz taqsimlaş stantsiyasidan çiquvçi tabiiy gaz quvurida gaz sizib çiqiş holati aniqlangan. Uşbu avariyaviy holatni xavfsiz bartaraf etiş va tamirlaş işlarini olib boriş maqsadida bugun tumanning quyidagi hududlarida soat 10:00 dan 18:00 gaça gaz taminoti vaqtinçalik uziladi:
Qirtepa mahallasi;
Yangibozor mahallasi;
Juvarxos mahallasi;
Barkamol Avlod mahallasi;
Aloqali Köl mahallasi;
Yangiobod mahallasi;
Karvak mahallasi;
Ğ.Ğulom mahallasi;
Ovşar mahallasi.
Gaz taminoti filiali tamirlaş işlari yakunlangandan söng, mahallalarga tabiiy gaz qayta tiklanişini bildirgan va keltirilgan noqulayliklar uçun istemolçilardan uzr söragan.