Hazoraspdagi zamonaviy yopiq suziş havzasi örganildi
23-06-2026, 11:42
214 марта
Hazoraspdagi zamonaviy yopiq suziş havzasi örganildiHazorasp tumanida Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–410-sonli qarori asosida barpo etilgan zamonaviy yopiq suziş havzasi masullar tomonidan örganildi.
Sport inşootiga Xorazm viloyati Sport boşqarmasi boşliği Nodira Djumaniyazova, boşqarmaning masul xodimlari hamda tuman hokimligi vakillari taşrif buyurib, obektda yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
Taşrif davomida suziş havzasida örnatilgan zamonaviy jihozlar, muhandislik tizimlari hamda inşootning foydalanişga tayyorlik darajasi közdan keçirildi. Masullar tomonidan obektning zamonaviy talablar asosida qurilgani va barça zarur jihozlar bilan taminlangani takidlandi.
Şuningdek, mazkur sport majmuasi aholi, ayniqsa yoşlarning sport bilan muntazam şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş va iqtidorli sportçilarni tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.
Mutasaddilarning fikriça, yangi suziş havzasining işga tuşirilişi Hazorasp tumanida sport infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, yoşlarni ommaviy sportga jalb etiş va suv sporti turlarini ommalaştirişga xizmat qiladi.
Yaqin vaqtlarda foydalanişga topşirilişi kutilayotgan mazkur zamonaviy sport inşooti tuman aholisi uçun yana bir muhim sport maskaniga aylanişi kutilmoqda.




