Urganç–Xiva yönalişiga yangi trolleybuslar olib kelindi: ular qaçon harakatlanişni boşlaydi?
26-06-2026, 14:55
325 марта
Urganç–Xiva yönalişiga yangi trolleybuslar olib kelindi: ular qaçon harakatlanişni boşlaydi?Xorazm viloyatida jamoat transportini modernizatsiya qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar doirasida Urganç–Xiva yönalişi uçun yangi zamonaviy trolleybuslar olib kelindi. Eng köp muhokama qilinayotgan savol esa — yangi trolleybuslar qaçon qatnovga çiqadi?
Malum qilinişiça, yangi trolleybuslar 2026 yil 1 iyuldan boşlab yölovçilarga xizmat körsatişni boşlaydi. Yangi harakat sxemasiga köra, trolleybuslar Xiva şahridan harakatlanib, Urganç şahridagi temir yöl vokzali tomon yönaladi. Keyin Maşal mavzesi tomon qatnab, yana şu marşrut orqali Xivaga qaytişi rejalaştirilgan.
Mazkur yangilik Urganç va Xiva örtasidagi transport aloqalarini yanada yaxşilaşi, aholiga qulaylik yaratişi va turistik oqimga ijobiy tasir körsatişi kutilmoqda.
Aytiş joizki, Urganç–Xiva trolleybus yönalişi bugungi kunda Özbekistonda saqlanib qolgan yagona trolleybus tizimi hisoblanadi. 1997 yilda Urganç şahrida trolleybus harakati yölga qöyilgan bölsa, 1998 yilda Urganç va Xiva şaharlarini boğlovçi şaharlararo trolleybus qatnovi işga tuşirilgan. Şu tariqa mazkur transport turi qariyb 29 yildan buyon xorazmliklarga xizmat qilib kelmoqda.
Mutaxassislarning takidlaşiça, Urganç–Xiva yönalişi nafaqat mamlakatimizdagi, balki Markaziy Osiyodagi kam sonli şaharlararo trolleybus tizimlaridan biri sanaladi. Ekologik toza hisoblangan uşbu transport turi atmosferaga zararli çiqindilar çiqarmaydi va hududda yaşil transportni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Yangi avlod trolleybuslarining qatnovga çiqişi bilan yölovçilar uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratilişi, xizmat sifati oşişi hamda Urganç va Xiva örtasidagi harakat yanada zamonaviy tus olişi kutilmoqda. Xorazmning öziga xos brendiga aylangan trolleybus tizimi yangi bosqiçga qadam qöymoqda.