Xorazmda metallomga topşirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kişi halok böldi undan taşqari bu yerdan 30 ta snayard topilgan.
Hodisa Yangiariq tumanida sodir bölgan. Hozirda bu iş bilan harbiy prokuratura şuğullanayotgani, snaryadlarni temir yiğuvçilarga sotgan harbiy xizmatçilar qamoqqa olingani aytilmoqda.Yangiariq tumanidagi metallom yiğiş şoxobçasida portlaş yuz bergan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qildi.
Hodisa 11 aprel kuni sodir bölgan. Yiğib kelingan temir-tersaklar tuşirilayotganda ular orasida bölgan snaryad portlab ketgan. Oqibatda şu yerda işlovçi 31 yoşli O.B. oğir tan jarohati olib, vafot etgan.
Manbaga köra, snaryadlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanida harbiy xizmatçilardan sotib olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu hodisaga oid xabarlar tarqaldi. Unda aytilişiça, portlaşdan söng voqea joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari va sapyorlar yetib borgan. Örganiş jarayonida şoxobçadan yana 30 ga yaqin snaryad topilgan.
Internetda tarqalgan videoda marhum O.B.ning onasi öğli oila boquvçisi bölganini, uning 2 farzandi yetim qolganini aytgan.
Ona snaryadlarni sotgan va sotib olib şoxobçaga keltirgan şaxslarga qatiy jazo qöllaşni söragan.
Hozirda mazkur işni harbiy prokuratura örganayotgani, metallom yiğuvçi va unga snaryadlarni sotgan harbiy xizmatçilar ustidan tergov boşlangani, ayrimlari qamoqqa olingani aytilmoqda.
Xabar tahrirlandi. Uşbu xabarning birlamçi tahririda Kun.uz manbasi snaryadlar metallolom sifatida Qoraqalpoğistonning Amudaryo tumanida harbiy xizmatçilardan sotib olinganini aytgani haqida malumot berilgandi. Mudofaa vazirligi buni rad etdi. Vazirlikka köra, portlagan snaryad mahalliy çöponlar tomonidan özboşimçalik bilan qazib olingan va metallolomga topşirilgan.
«Bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga zudlik bilan xabar qilişi şart.
Uşbu voqeaga harbiy xizmatçilarning heç qanday aloqasi yöq va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini malum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad Özbekiston Qurolli Kuçlarida mavjud emas. Malumotlarga köra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qöllangan», — deyiladi Mudofaa vazirligi axborotida.