USD: 11,891 so'm EUR: 13,753 so'm RUB: 142 so'm GBP: 16,096 so'm CNY: 1,764 so'm KZT: 26 so'm TRY: 248 so'm AED: 3,238 so'm USD: 11,891 so'm EUR: 13,753 so'm RUB: 142 so'm GBP: 16,096 so'm CNY: 1,764 so'm KZT: 26 so'm TRY: 248 so'm AED: 3,238 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xiva shahrida “Farovon oila sari” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

124 марта
Xiva shahrida “Farovon oila sari” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. 

2025-yil 30-may kuni Xiva shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan “Farovon oila sari” shiori ostida yirik ommaviy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbir davomida oila qadriyatlarini targ‘ib qilish, yoshlar va xotin-qizlar ongida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, bolalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda ijtimoiy birlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan turli madaniy-ma’rifiy, sport va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

 Tadbir doirasida quyidagi faoliyatlar amalga oshirildi:

 “Borlig‘imiz bolajonlar” shiori ostida iqtidorli bolalarning rasm chizish ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bolalar o‘z san’atkorlik mahoratlarini namoyon etdilar.

 Milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda yurtimizga xos qadimiy va noyob hunar namunalari namoyish etildi.
 Sportchilar va sportchi oilalar ishtirokida ommaviy sport bellashuvlari tashkil etilib, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tibor kuchaytirildi.
 Tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ko‘rgazma va maslahatlar o‘tkazildi, oilalarga sog‘lom hayotning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
“Oila mustahkam bo‘lsin” shiori ostida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan psixologik va ma’naviy suhbatlar o‘tkazildi.
 “Kitobxon Oila” loyihasi ishtirokchilari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib, kitob mutolaasining oiladagi tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.
Oila qadriyatlari bo‘yicha targ‘ibot chiqishlari, nuroniylar, oqila ayollar, mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Xiva shahar FHDYO bo‘limi tomonidan Abdullayev Odilbek va Masharipova Azizaxonning oilasi rasmiy nikohdan o‘tkazilib, qonuniy qayd etildi.

 Tadbir yakunida Madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi taqdim etilib, saylga bayramona ruh bag‘ishlandi.
 Xulosa o‘rnida:

Xiva shahrida Oila institutini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom, ma’naviy boy va barkamol etib tarbiyalash, shuningdek, milliy qadriyatlarimizni asrashga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy-ma’naviy tadbir bo‘ldi.








Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: