Urganç tumanida “Tracker” ariqqa tuşib ketdi — rulda yoşlar bölganmi?
31-05-2025, 15:20
1 102 марта
Urganç tumanida “Tracker” ariqqa tuşib ketdi — rulda yoşlar bölganmi?Keça, 30-may kuni, Urganç tumani hududidan ötuvçi, “Yurak şifoxonasiga” olib boruvçi yöl böyida yöl-transport hodisasi yuz berdi.
Guvohlarning aytişiça, “Tracker” rusumli avtomaşina ehtiyotsizlik oqibatida boşqaruvni yöqotib, yöl çetidagi ariqqa tuşib ketgan. Hodisa aks etgan videoda avtomobilning jiddiy şikastlanganini köriş mumkin.
Ma’lumotlarga köra, maşinada voyaga yetmagan yoşlar bölgan bölişi mumkin. Bu esa holatning yanada xavotirli jihatini körsatadi — nega rulda bola bölgan?
Ayni damda hodisa tafsilotlari aniqlaştirilmoqda. Rasmiy idoralardan bu borada hali ma’lumot berilmagan.
Hodisa saboqlari:
• Bolalarga avtomobil boşqariş huquqi berilişi qonunan man etilgan. Bunday holatlar nafaqat qonunni buziş, balki hayot uçun ham xavf tuğdiradi.
• Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş — har bir haydovçining zimmasidagi mas’uliyatdir.
• Ota-onalar farzandlarining maşina boşqarişini nazorat qilişlari şart. Aks holda, bu kabi oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin.
xorazmbugun.uz voqea tafsilotlarini örganişda davom etadi. Agar siz uşbu hodisaga guvoh bölgan bölsangiz yoki qöşimça ma’lumotga ega bölsangiz, biz bilan boğlaning.