Xorazmning 5 ta tumanida 3 avgust kuni elektr taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatiladi
2-08-2026, 20:38
828 марта
Xorazmning 5 ta tumanida 3 avgust kuni elektr taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatiladiXorazm viloyatining ayrim hududlarida 2026 yil 3 avgust kuni rejali profilaktika işlari olib borilişi munosabati bilan elektr energiyasi taminotida vaqtinçalik uzilişlar bölişi mumkin.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali malum qilişiça, Özbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnik jihatdan ekspluatatsiya qiliş qoidalariga muvofiq quyidagi hududlarda profilaktika işlari amalga oşiriladi.
Elektr taminotida uzilişlar quyidagi mahallalarda kuzatilişi mumkin:
- Urganç tumani: Şermatlar, Qumravot, Islomobod, Hojiboylar, Oyoqboğ, Adolat va Oqmaktab mahallalari;
- Qöşköpir tumani: Bekobod, Ittifoq, Yoşlik, Boğzor, Oşoqqala, Şixobod, Yovğir, Gulzor, Yangilik, Nezaxos va Örtaqişloq mahallalari;
- Xonqa tumani: Pahlavonlar, Fidoiylar, Barkamollik, Ezgulik, Gulğunça, Ehtirom va Vatanparvar mahallalari;
- Boğot tumani: Böka, Madaniyat, Oqoltin va Ğalaba mahallalari;
- Hazorasp tumani: Karvak, Yangiobod, Ovşar va Buyuk ajdodlar mahallalari.
Mutasaddilar aholidan uşbu holatni inobatga olgan holda kunlik rejalarini tuzişlarini hamda vaqtinçalik noqulayliklar uçun tuşuniş bilan yondaşişlarini söramoqda.
Manba: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.