«Xorazm» safarda «Dinamo» bilan durang öynadi
15-08-2026, 01:06
111 марта
«Xorazm» safarda «Dinamo» bilan durang öynadiÖzbekiston Superligasining 17-turida «Xorazm» jamoasi safarda Samarqandning «Dinamo» klubiga qarşi maydonga tuşdi.
Keskin va murosasiz keçgan uçraşuvda jamoalar 2:2 hisobida durang öynadi.
Bahsning 41-daqiqasida «Xorazm» hujumçisi Rustamjon Abduhamidov hisobni oçib, jamoasini oldinga olib çiqdi — 0:1.
Ikkinçi bölimda mezbonlar faollikni oşirdi. 63-daqiqada Behruzbek Oblaqulov hisobni tenglaştirdi — 1:1. Oradan 11 daqiqa ötib, Jahongir Abdusalomov «Dinamo»ni oldinga olib çiqdi — 2:1.
«Xorazm» futbolçilari esa uçraşuv oxiriga qadar kuraşni davom ettirdi. 80-daqiqada Diyorbek Ortiqboyev tomonidan kiritilgan gol mehmonlarga hisobni tenglaştiriş imkonini berdi — 2:2.
Qolgan daqiqalarda hisob özgarmadi va uçraşuv 2:2 natijasi bilan yakunlandi.
Şu tariqa, «Xorazm» Superliganing 17-turida safardan bir oçko bilan qaytdi.