Xorazmda 176 million dollarlik 12 ta loyiha işga tuşirildi
17-08-2026, 19:53
253 марта
Xorazmda 176 million dollarlik 12 ta loyiha işga tuşirildiXorazm viloyatida umumiy qiymati 176 million dollarlik 12 ta yangi loyiha işga tuşirildi. Şuningdek, xorijiy hamkorlar iştirokida 7 milliard 424 million dollarlik 15 ta yangi quvvat qurilişiga start berildi.
Loyihalar doirasida sanoat, turizm, energetika, quriliş materiallari va boşqa yönalişlarda yangi korxonalar taşkil etiladi. Natijada 6,6 mingta yangi iş örni yaratilişi kutilmoqda.
Eng yirik taşabbuslardan biri Tuproqqala tumanida BAA hamkorlari bilan 6 milliard dollarlik ekologik aviatsiya yoqilğisi işlab çiqariş loyihasidir.
Şuningdek, Urganç tumanida çiqindilarni qayta işlab, 71 MVt “yaşil” energiya işlab çiqarişga möljallangan 100 million dollarlik loyiha, Xiva yaqinida esa 120 million dollarlik “Sahro yulduzi” turistik majmuasi barpo etiladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida yangi loyihalar rasman işga tuşirilib, qator istiqbolli taşabbuslarning qurilişiga start berildi.


